CAYLA

2023
Ariza qabuli yopilgan
Dunyo
doimo o'zgarib turadi
Mashina orqali o'rganish, blokcheyn, metaqoinot, kengaytirilgan haqiqatdagi jarrohligi — har kuni biz yangisiga duch kelamiz. Ertaga dunyo boshqacha bo'ladi. Bugun u allaqachon boshqacha.
Biz qanday o'zgarmoqdamiz? Bizning do'stlarimiz, hamkasblarimiz, hamkorlarimiz qanday o'zgarib bormoqda? Bizning qarashlarimiz va qadriyatlarimiz, maqsadlarimiz va orzularimiz — bu dunyoda doimiy narsa bormi?
Ba'zi sabablarga ko'ra, ko'pchilik hali ham bu o'zgarishlar ularga ta'sir qilmaydi degan xayolda yashaydi. Iqlim o'zgarishi, global inqiroz, ochlik, qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik — bularning barchasi qayerdadir, shaxsan menga taalluqli emas, men hali ham hech narsa qila olmayman. Va kim qila oladi?
Biz dunyoni o'zgartir-moqdamiz
CAYLA bu Markaziy Osiyodagi yosh yetakchilar uchun interaktiv ta’lim va tarmoq platformasi.
Bu yerda o‘z hamjamiyatlari va butun fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan odamlar uchrashadi, bu esa dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishni anglatadi.
2023 yilda CAYLA uchinchi oqim uchun qabul qilishni e'lon qiladi. Biz Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonning 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol fuqarolarini dunyoning murakkabligi va undagi hamma narsaning o‘zaro bog‘liqligi, barqaror va qayta tiklanuvchi rivojlanish, global fuqarolik haqida samimiy suhbat qurishga taklif qilamiz.

Bu o'zgaruvchan, mo'rt va murakkab dunyo yangi g'oyalarga muhtoj. Birgalikda yaratish va atrofimizdagi dunyoni qayta tushunish haqida nima deysiz?
CAYLA — |
yetakchilikka yangicha qarash
CAYLA nimaga qaratilgan?
ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun shablonlarni yangilash va o’zgartirish
shaxsiy va kasbiy rivojlanish
Markaziy Osiyoning madaniy va tarixiy konteksti
Qadriyatlar
dunyoga nisbatan yaratuvchanlik munosabat
har bir insonning qadri
xilma-xillik va inklyuzivlik
hamjihatlik
fuqarolilik javobgarligi
o’zingizga va boshqalarga nisbatan halollik

Siz quyidagilarni bilasizmi ...

… allaqachon CAYLA ta'lim tadbirlarida Markaziy Osiyoning turli qismlaridan 340 dan ortiq yosh jamoa yetakchilari va faollari ishtirok etishgan. Dastur davomida ular boshqa shahar va mamlakatlardan kelgan hamfikrlar bilan uchrashdi, davlat amaldorlari va fuqarolik jamiyati sohasida faoliyat yurituvchi tajribali tashkilotlar bilan o‘z maqsadlari, qadriyatlari va ijobiy rivojlanish istagi bilan o‘rtoqlashdi.
CAYLA qanday qadriyatlarga asoslangan?
Nima haqida suhbatlash-amiz?
tizimlar va tanqidiy fikrlash
BANI-dunyo
muammolar, tendentsiyalar, paradigmalar
fuqarolik jamiyati va uning roli
regenerativ rivojlanish
kelajak bilan ishlash
innovatsiyalarning tabiati
fuqarolik ishtirokining yangi shakllari
stereotiplar bilan ishlash
o'zini va jamiyatdagi o’z rolini tushunish
CAYLAda biz qanday ishlaymiz?
o’zimizni va atrofimizdagi dunyoni tushunamiz
hamkorlikni yo’lga qo’yamiz
loyihalarimizni yaratamiz
o’zimizga sodiq qolamiz
norasmiy intellektual muhitni qo’llaymiz
Dasturning asosiy tili, rus tili. Mashg’ulotlar va guruh ishlarini ingliz tiliga tarjima qilish imkoniyati mavjud.
sizning ijtimoiy ta'sir yo'lingizni tushunish
odamlar va tashkilotlar bilan ishlash mahorati
CAYLAda ishtirok bizga nima beradi?
hamfikrlar jamoasi
noaniqlik sharoitida vaziyatni boshqarish qobiliyati
loyihani boshqarish yondashuvlari va vositalari
loyihalaringizni ishlab chiqarishda kuratorlarni qo’llab quvvatlashi
Va yana bir narsa ...

CAYLA ishtirokchilari instruktorlar bilan birgalikda “Loyiha yaratish va boshqarish”, “Samarali muloqot”, “Ijodiy va tanqidiy fikrlash”, “Notiqlik”, “Mablag‘ yig‘ish”, “Monitoring va baholash” kabi ta’lim modullarini o‘zlashtiradilar. Shuningdek, ular mustaqil o'rganish uchun qo'shimcha modullar to'plamidan foydalanishlari mumkin.
CAYLAga yo’lingiz
Ariza bering
12.03.2023 yilgacha

Birinchi uchrashuv
do'stlaringizga ulashing
12.05.2023
O'rganing va sinab ko'ring

seminar: Olmaota, Qozog'iston
butun oqim uchun o'quv mashg'ulotlari
guruhlarda amaliy ishlar
ekspertlar bilan uchrashuvlar
— boshqa ishtirokchilar va murabbiylarning
fikr mulohazalari
— keyingi qadamlarni tushunish
O’z loyihangizni takomillashtiring
23.06 va 07.07.2023
murabbiylar va kuratorlardan
yordam oling
jamoaviy ishlarni tashkil eting
loyiha taklifini yozing
Grant tanlovi uchun loyiha arizasini yuboring

12.06–12.07.2023
Grant tanlovi haqida batafsil ma’lumot oling
Aloqada qoling
14.09, 28.09, 12.10, 26.10.2023
hamjamiyat bilan tanishing
tajriba almashing
energiya oling/bering
Ariza qabuli yopilgan
— ishtirokchilarning tanishivu
— ta'lim maqsadlarni qo’yish
— CAYLA qanday ishlashini tushunish
online
offline
29.05–04.06.2023
online
online
A'zolar
o‘z jamoangiz va butun jamiyat taraqqiyotida ishtirok etishni va mintaqaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishni xohlasangiz
CAYLA siz uchun, agar:
biz yashayotgan dunyo uchun mas'uliyat o'zimizdan boshlanishiga ishonsangiz
siz o'zingizni va atrofingizdagi dunyoni qayta ko'rib chiqishga tayyor bo’sangiz
siz shaxsiy va kasbiy rivojlanishga tayyor bo’lsangiz
ijtimoiy loyihangizni yaratishga va amalga oshirishga tayyor bo’lsangiz
Ariza topshirish vaqtida 18–30 yosh
Ishtirokchilarning tanlov mezonlari:
fuqaroligi va quyidagi davlatlaridan birida yashash: Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston
dasturda ishtirok etish uchun asosli motivatsiya
ko'ngillilik yoki hamjamiyat bilan boshqa turdagi ish tajribasi
o'z jamoangiz va mintaqangiz rivojiga hissa qo'shish uchun aniq ehtiyoj (o'z ijtimoiy loyihangiz uchun g'oyaga ega bo'lish arizangiz uchun qo’shimcha plus!)
dasturning to'liq tsiklida ishtirok etishga tayyorlik
Dasturga hamma taklif qilishadimi?

CAYLAga 120 kishini taklif qilamiz. Tanlov jarayoni ochiq va raqobatbardoshdir. Jamoa ishlari, ko'ngillilar faoliyati va hamjamiyatni rivojlantirish loyihalarida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Q&A
CAYLA kuratorlari va murabbiylari
  • Olmaota, Qozogʻiston
    Impact Hub Almati bosh direktori
  • Berlin, Germaniya
    resense360 hammuassisi
  • Berlin, Germaniya
    resense360 hammuassisi
  • Olmaota, Qozogʻiston
    Yevrosiyo jamg‘armasi Yoshlarni rivojlantirish komponenti rahbari
  • Olmaota, Qozogʻiston
    Yevrosiyo jamg‘armasining elektron ta’lim bo‘yicha menejeri
  • Ashxobod, Turkmaniston
    Dastur mutaxassisi, Yevrosiyo jamg'armasi
  • Toshkent, Oʻzbekiston
    Yevrosiyo jamg‘armasi yoshlarning ijobiy rivojlanishi bo‘yicha mutaxassis
Tashkilotchilar va hamkorlar
Markaziy Osiyodagi CAYLA Yoshlar yetakchilik akademiyasi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan va Yevrosiyo jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash besh yillik dasturining bir qismidir. Dasturning maqsadi Markaziy Osiyoda faol va sezgir fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat.
USAID dunyodagi yetakchi xalqaro rivojlanish agentligi va rivojlanish natijalariga erishish katalizatoridir.
 
Batafsil ma'lumotni USAIDning Markaziy Osiyo veb-sayti va Facebook sahifasida bilib oling.
Yevrosiyo Jamg'armasi notijorat tashkilot bo'lib, 1992 yildan buyon fuqarolarga mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik uchun imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Jamg'arma AQSh hukumati va boshqa davlat va xususiy donorlar bilan hamkorlikda fuqarolarga yaxshi boshqaruv, onlayn ta'lim va madaniyatlararo almashinuv kabi sohalarda ko'nikma va bilimlarni uzatish orqali barqaror jamiyatlarni qurishda yordam beradi.
 
Batafsil maʼlumotni www.eurasia.org saytidan oling.
Impact Hub Almaty 2017 yildan beri Qozog‘iston va Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan platformadir. Dunyoning besh qit'asida 16 000 dan ortiq a'zoga ega 100 dan ortiq markazlardan iborat Impact Hub Network global innovatsion markazlar tarmog'ining bir qismi sifatida Impact Hub Almaty tizimli ravishda ijtimoiy innovatsiyalarni rivojlantiradi.
 
impacthubalmaty.net saytida ko'proq bilib oling.
esense360 — ijtimoiy innovatsiyalar, taʼlim, madaniyat va sanʼat, regenerativ rivojlanish, tashkiliy rivojlanish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilot. resense360 o'z faoliyatida konsalting, ta'lim va loyihalarni boshqarishni birlashtiradi.
  
Batafsil maʼlumotni resense360.org saytidan bilib oling.
Markaziy Osiyo yoshlar yetakchilik akademiyasi (CAYLA) Yevrosiyo jamg‘armasi ko‘magida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” dasturi doirasida tashkil etilgan.

Ushbu xabar Amerika xalqining yordami bilan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali yaratilgan. Ushbu eʼlonning mazmuni faqat Markaziy Osiyo ijtimoiy innovatsiyalar dasturining masʼuliyati boʻlib, USAID yoki AQSh hukumati pozitsiyasini ifodalamaydi.
Bizga yozing:
Ijtimoiy tarmoqlarda CAYLA ni kuzatib boring: